Muʼtasim
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abū Isʼḥoq Muḥammad ibn Horūn ar-Rashīd (arabcha: ; 796-yil oktyabr — 842-yil 5-yanvar), laqabi al-Muʿtaṣim biʾllāh (المعتصم بالله, soʻzma-soʻz 'Allohdan panoh soʻragan' bilan mashhur), sakkizinchi Abbosiy xalifa. 833-yildan 842-yil vafotiga qadar hokimiyatda boʻlgan[1]. Xalifa Horun ar-Rashidning (h. 786–809) kenja oʻgʻli. Asosan turkiy qul askarlardan (gʻilmon yoki gʻulom) tashkil topgan shaxsiy qoʻshin tuzib, shuhrat qozongan. Bu qoʻshin oʻgay akasi xalifa Maʼmun uchun foydali boʻldi. Maʼmun Muʼtasim va turk qoʻriqchi guruhidan davlatdagi boshqa kuchli manfaatdor guruhlarini muvozanatda saqlash uchun foydalandi. Shuningdek ulardan isyonchilar va Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlarda ham foydalangan. 833-yil avgustida yurish vaqtida Maʼmun kutilmaganda vafot etgach, Maʼmunning oʻgʻli Abbosning daʼvolaridan ustunlikka erisha olgan Muʼtasim xalifa boʻlish uchun qulay imkoniyatni qoʻlga kiritdi.
al-Muʼtasim المعتصم | |
---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |
839-yil Bagʻdodda zarb etilgan Muʼtasim oltin dinori | |
Abbosiylar xalifaligining 8-xalifasi | |
Saltanat | 833-yil 9-avgust —— 842-yil 5-yanvar |
Oʻtmishdoshi | Maʼmun |
Davomchisi | Votiq |
Tugʻilishi |
796-yil oktyabr Xuld saroyi, Bagʻdod |
Vafoti |
842-yil 5-yanvar (45 yoshda) Javsaq saroyi, Samarra |
Dafn etilgan joy | Javsaq saroyi, Samarra |
Turmush oʻrtogʻi | Quyiga qarang |
Farzandlari |
|
Sulola | Abbosiy |
Otasi | Horun ar-Rashid |
Onasi | Marida binti Shabib |
Dini | Islom[izoh 1] |
Muʼtasim akasining ko‘plab siyosatlarini davom ettirdi. Masalan, Abbosiylar nomidan Xuroson va Bag‘dodni boshqarayotgan Tohiriylar bilan hamkorlikni davom ettirdi. Muʼtasim kuchli qozi Ahmad ibn Abu Duvadning koʻmagi bilan moʻtazilizm haqidagi ratsionalistik islom taʼlimotini rivojlantirish va taʼlimot muxoliflarini inkvizitsiya (mihna) orqali taʼqib qilishni davom ettirdi. Shaxsan adabiy izlanishlarga qiziqmasa ham, Maʼmun davrida boshlangan ilmiy renessansni Moʻtasim ham qoʻllab-quvvatlagan. Boshqa ma'noda, uning hukmronligi islom tarixida harbiylar, xususan, turk qoʻshinlariga asoslangan yangi rejimning yaratilishi bilan oʻtgan davr hisoblanadi. 836-yilda Samarrada yangi rejim ramzi hamda poytaxtni Bagʻdodning notinch aholisidan uzoqlatish uchun yangi poytaxt barpo etildi. Xalifa hukumatining hokimiyati markazlashtirish chora-tadbirlari orqali amalga oshirildi. Bu esa viloyat noiblarining vakolatlarini Samarradagi kichik bir guruh yuqori martabali fuqaroviy va harbiy amaldorlar foydasiga qisqartirib, davlatning fiskal apparati turkiylar hukmronlik qilgan professional armiyani saqlashga tobora koʻproq yoʻnaltirila boshladi. Abbosiylar davlatining dastlabki davrida katta rol oʻynagan arab va eron elitalari tobora cheklanib bordi. 838-yilda Abbos foydasiga Muʼtasimga qarshi uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz fitna ularning saflarini keng miqyosda tozalash uchun imkon yaratib berdi. Bu voqea turklar va ularning asosiy yoʻlboshchilari Ashinalar, Vosif, Itax va Bugʻalarning mavqeini mustahkamladi. Muʼtasim yaqinlarining yana bir koʻzga koʻringan aʼzosi, Osrushana shahzodasi Afshin saroyda oʻz dushmanlari bilan kelisha olmay, 840/1-yilda taxtdan agʻdarilib, oʻldirilgan. Turklarning yuksalishi oxir-oqibat „Samarradagi anarxiya“ kabi muammolarni yuzaga keltirib, 10-asr oʻrtalarida Abbosiylar hokimiyatining qulashiga olib keldi. Keyinchalik ham Muʼtasim asos solgan gʻulomga asoslangan tizim butun musulmon olamida keng qoʻllanilgan.
Muʼtasim hukmronlik davri tinimsiz urushlar bilan oʻtdi. Hukmronlik davrining ikki yirik ichki yurishi 835—837-yillarda Ozarbayjonda uzoq davom etgan va Afshin tomonidan bostirilgan Bobak Xurramdin boshchiligidagi Xurramiylar qoʻzgʻoloniga va Xuroson hukmdori Tohiriylar bilan toʻqnashgach, qoʻzgʻolon koʻtargan Mozandaron muxtoriyati hukmdori Mozyorga qarshi boʻlgan. Sarkardalari ichki qoʻzgʻolonlarga qarshi kurashga boshchilik qilgan boʻlsa, Muʼtasimning oʻzi 838-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi oʻsha davrdagi yagona yirik tashqi yurishni boshqargan. Xalifalik qoʻshinlari imperator Theophilosni magʻlub etib, Amoriy shahrini talon-taroj qilishdi. Amoriy yurishi keng miqyosda nishonlanib, xalifalik tashviqotining tamal toshiga aylandi. Shuningdek, mazkur yurish Muʼtasimning jangchi-xalifa sifatidagi obroʻsini ham mustahkamladi.