Muʼtazz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Abdulloh Muḥammad ibn Jaʼfar (arabcha: ); (847 —869-yil 16-iyul), hukmdorlik nomi al-Muʼtazz billoh (المعتز بالله, „Xudo tomonidan quvvatlangan kishi“) sifatida mashhur, Abbosiylar xalifaligida „Samarradagi anarxiya“ deb nomlangan ichki beqarorlik davrida 866-yildan 869-yilgacha abbosiylar xalifasi boʻlgan.
Muʼtazz المعتز | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |||||
Muʼtazzning oltin dinori. Hijriy 253-yilda (867-yil) Samarqandda zarb etilgan | |||||
Abbosiylar xalifaligining 13-xalifasi | |||||
Saltanat | 866-yil 25-yanvar — 869-yil 13-iyul | ||||
Oʻtmishdoshi | Mustaʼin | ||||
Davomchisi | Muhtadiy | ||||
Tugʻilishi |
tax. 847 Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
869-yil iyul/avgust (22 yoshda) Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi | Fatima Xotun binti al-Fath ibn Xoqon | ||||
Farzandlari | Abdulloh ibn al-Muʼtazz | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | Mutavakkil | ||||
Onasi | Qabiha | ||||
Dini | Sunniylik (Islom) |
Dastlab otasi Mutavakkilning uchta merosxoʻri orasida ikkinchi boʻlgan Muʼtazz ukasi Muntasir taxtga oʻtirgandan soʻng merosxoʻrlik huquqidan voz kechishga majbur boʻlgan. Amakivachchasi Mustaʼin xalifaligi davrida xavfli raqib sifatida koʻrilib, qamoqqa tashlangan. 866-yil yanvarida Mustain va Samarradagi turk harbiylari oʻrtasida boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi vaqtida ozod qilingan va xalifalikka erishgan. Muʼtazz turk qoʻshini ustidan xalifa hokimiyatini tiklashga qatʼiy qaror qilsa-da, bu borada juda kam muvaffaqiyatga erishgan. Vazir Ahmad ibn Isroilning yordami bilan turklarning yetakchi sarkardalari Vosif at-Turkiy va Bugʻa as-Sagʻirni hokimiyatdan chetlatib, oʻldirishga muvaffaq boʻlgan. Biroq, Bagʻdoddagi Tohiriylarning tanazzulga uchrashi xalifani turklarga qarshi kurashuvchi rolidan mahrum qilgan. Turkiy qoʻmondon Solih ibn Vosif bilan yuzma-yuz boʻlib, oʻz qoʻshinlarining talablarini qondirish darajasida pul topa olmay qolgan xalifa taxtdan agʻdarilgan va yomon muomala natijasida bir necha kundan soʻng, 869-yil 16-iyulda vafot etgan.
Hukmronligi davrida Misrda Tuluniylar va Sharqda Safforiylar muxtor sulolalarining paydo boʻlishi, Hijoz va Tabaristondagi Aliylar qoʻzgʻolonlari, Quyi Iroqdagi buyuk Zanj qoʻzgʻolonlarining dastlabki harakatlari, shuningdek, xalifalikning markaziy hokimiyati tanazzulining choʻqqisi va markazdan ayirmachilik tendensiyalarining avj nuqtasi kuzatilgan.